Germaniya kansleri Yevropada gaz narxining oshishida Rossiyani aybladi

19:42 09 Dekabr 2023 Dunyo
318 0

Foto: Depositphotos

Germaniya kansleri Olaf Shols energiya, jumladan, gaz narxining keskin oshishida Rossiyani aybladi. Bu haqda Germaniyaning “Bild” nashri xabar bermoqda.

U Germaniya sotsial-demokratik partiyasi qurultoyida Moskvaning harakatlarini tanqid qildi. Kanslerning soʻzlariga koʻra, jahon bozorlaridagi hozirgi vaziyatda Yevropa davlatlari gaz uchun avvalgidan 10 barobar koʻproq pul toʻlashi kerak.

“Biz tushunishimiz kerakki, Rossiya Yevropani energiya bilan taʼminlashni toʻxtatdi, aynan Rossiya prezidenti oʻz qarori bilan gaz yetkazib berishni toʻxtatdi”, deydi Shols.

Germaniya kansleri Rossiya rasmiylarining qarori natijasida gaz quvurining oʻzi bu maqsadlarda toʻliq ishlayotganiga qaramay, Yevropa davlatlariga gaz yetkazib berish toʻxtatilganini taʼkidladi.

Sholsning aniqlik kiritishicha, natijada birgina Germaniya 120 milliard kub metrga yaqin gazni yoʻqotgan. Vaziyatni tuzatish uchun Germaniya hukumati Norvegiyadan tabiiy gaz sotib olishi va yangi suyultirilgan gaz terminallarini tashkil etishi kerak.

Joriy yilning noyabr oyi oxirida Germaniya Bundestagining iqlimni muhofaza qilish va energetika boʻyicha qoʻmitasi rahbari Klaus Ernst energiya narxini pasaytirish uchun Rossiyadan Germaniyaga gaz yetkazib berilishi zarurligini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер