Germaniya Isroilning Gʻarbiy Sohildagi harakatlari oʻzining “boshiga yetishi” mumkinligidan ogohlantirdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Isroilni Gʻarbiy Sohilga harbiy hujum uyushtirmaslikka chaqirdi. Berbok isroillik hamkasbi bilan uchrashgach, bunday harakatlar Isroil xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, nemis siyosatchisi baʼzi Isroil vazirlarining Falastin maʼmuriyatini agʻdarish va Gʻarbiy Sohilda aholi punktlarini egallashga boʻlgan chaqiriqlaridan xavotir bildirdi. Berbok, shuningdek, Isroilning oʻng qanot rahbarlarining manipulyatsion bayonotlarini tanqid qilib, Falastin maʼmuriyatini mustahkamlash tinchlik uchun juda muhim ekanligini bildirgan.
Uning taʼkidlashicha, Germaniya va Yevropa Ittifoqi terrorizmga qarshi kurash boʻyicha Falastin maʼmuriyatidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. “Barqaror Falastin davlati sari qadamlar Isroilning uzoq muddatli xavfsizligi uchun zarur”, degan u.
Germaniyaning ushbu chaqiriqlariga qaramasdan, Isroil Milliy xavfsizlik vaziri rahbarlaridan biri Itamar Ben-Gvir Gʻarbiy Sohildagi XAMASning magʻlubiyatini davlatning hozirgi mojaro maqsadlariga kiritishga chaqirdi.
Germaniyaning pozitsiyasi Falastin maʼmuriyatini kuchaytirishga qarshi boʻlgan Isroilning oʻng qanot vazirlari pozitsiyasidan farq qiladi. Isroilning bunday sharoitda Gʻazo va Gʻarbiy Sohilni boshqarishi xalqaro bosimga duchor boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.
Avvalroq, Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgani haqida maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring