Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada kabi davlatlarga borishda viza tartibi soddalashtiriladi
Bunda talabalarga “Work and Travel” kabi dasturlarda yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.
Bu haqda 7-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini talab yuqori kasblarga oʻqitish va daromadli ish bilan taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Unda rivojlangan davlatlarda talabalar uchun tashkil etilgan “Work and Travel” kabi dasturlarda oʻzbekistonlik yoshlar taʼtil vaqtida chet elga borib, ham bilim olib, ham daromad topayotgani qayd etildi.
Tashqi ishlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda oʻqish va malaka oshirish, korxonalarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarga yengillik boʻlishi uchun viza tartibini soddalashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrish topshirildi.
Bundan tashqari, chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning koʻproq oylik olishiga sharoit yaratish hamda ijtimoiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring