Germaniya aeroportlarni aygʻoqchi dronlardan himoya qilish uchun 100 million yevro ajratadi
Germaniya parlamentining byudjet qoʻmitasi aeroportlar va boshqa infratuzilmalarni razvedka ishlarini olib borayotgan dronlardan himoya qilish uchun 100 million yevro ajratadi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, aeroportlarni dronlardan himoya qilish uchun 130 nafar politsiyadan iborat maxsus boʻlinma ham tashkil qilinadi. Ushbu boʻlinmaning asosiy vazifasi uchuvchisiz uchish apparatlarini aniqlash, toʻxtatish hamda zarur holatlarda urib tushirishdan iborat boʻladi.
Mazkur boʻlinmaning qanday qurollanishi haqida aniq tafsilotlar bildirilmagan. Maʼlumotlarga koʻra, dronlarni aniqlash va ularni zararsizlantirish uchun radar aniqlash va elektron urush tizimlari kerak boʻladi.
Mamlakat qurolli kuchlari dronlarga qarshi kurashda maxsus politsiya boʻlinmasini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, razvedka ishlarini olib borayotgan dronlarning zarar yetkazish xavfi aniqlangan taqdirda boʻlinma ularga qarshi maxsus qurol-aslahalardan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun, Germaniyadagi federal jinoyat politsiyasi boshqarmasi joriy yilning avgust oyidan buyon 536 ta shubhali dronni roʻyxatga olgan. Aeroportlardagi hodisalar parvoz zonalarining yopilishiga va reyslarning bekor qilinishiga sabab boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring