Gʻazo vayronalari orasida qolgan jasadlar itlarga yem boʻlmoqda — BMT vakili
BMTning gumanitar masalalar boʻyicha rahbari Tom Fletcher Gʻazoga tashrifi chogʻida vayronalar ostida qolib ketgan jasadlarning itlarga yem boʻlayotganiga guvoh boʻlgan. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, Tom Fletcher Gʻazoga tashrifi haqida gapirar ekan, bu tashrif kutilganidan ham yomonroq boʻlgani hamda unutib boʻlmas taassurotlar bilan qaytganini maʼlum qilgan.
“Gʻazo shimolidagi vayronagarchiliklar janub qismidagiga qaraganda katta va ayanchliroq. Xodimlarim yoʻl koʻrsatkichdan foydalanib, ortga qaytishga yoʻl izlashdi. Vayronalar sababli yoʻl topish mushkul edi. Hududdagi maktablar va shifoxonalarni farqlab boʻlmaydi, barchasi vayron qilingan”, — degan u.
Bundan tashqari, BMT vakili jurnalistlar bilan suhbati chogʻida Gʻazoga qilgan safarida guvohi boʻlgan eng hayratlanarli holat haqida ham soʻzlab berdi.
“Hududlarni koʻzdan kechirar ekanman, vayron boʻlgan binolar orasida yurgan semiz itlar toʻdasi diqqatimni tortdi. Yonimdagi hamkasbimdan nega bu itlar bunchalik semiz, deb soʻraganimda, bu itlar vayronalar orasida qolib ketgan jasadlarni izlamoqda, deb javob berdi. Men hayratda qoldim, itlarning jasadlar bilan oziqlanayotgani aqlga sigʻmaydi”, — deydi Fletcher.
Maʼlumot uchun, avvalroq, Tom Fletcher Isroil hukumatini Gʻazoda joriy qilgan blokadasini bekor qilishga chaqirgan hamda hududga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlarini hech bir taqiqsiz kirishini taʼminlashni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring