Gʻazo toʻgʻrisidagi yangi sulh boʻyicha nimalar maʼlum?

20:01 01 Iyun 2024 Dunyo
817 0

AQSH prezidenti Jo Bayden juma kuni Isroil asirlarni ozod qilish evaziga yangi Gʻazo sulhini taklif qilgani va bu mojaroga barham berishning eng yaxshi yoʻli ekanini aytdi.

Bayden tomonidan ilgari surilgan yangi taklif uch bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich:

Sulhning birinchi bosqichi 6 hafta davomida oʻt ochish toʻxtatilib, shu davr ichida Isroil kuchlari Gʻazodan toʻliq chiqib ketadi. Hududda saqlanayotgan isroillik asirlar, jumladan, keksalar va ayollar falastinlik mahbuslarga almashtiriladi. Shuningdek, Falastinlik tinch aholi Gʻazo shimoliga qaytadi va ularga har kuni 600 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yetkaziladi.

Shuningdek, ikkinchi bosqichda HAMAS guruhining faoliyati butunlay toʻxtatilishi muhokama qilinadi. Soʻnngi bosqich esa Gʻazoni qayta qurish rejasi va uzoq muddatli siyosiy yechim topishdan iborat.

HAMAS guruhi Baydenning soʻzlari va uning doimiy oʻt ochishni toʻxtatish, Isroil kuchlarini Gʻazo sektoridan olib chiqish, Gʻazoni qayta qurish ishlarini boshlash hamda mahbuslar almashinuvi haqidagi chaqirigʻini olqishlagan. Isroil keltirilgan majburiyatlarni bajarsa, HAMAS tinchlik oʻrnatilishiga tayyorligini bildirdi.

Tahlilchilarga koʻra, AQSH ham Isroil ham HAMASning siyosiy faoliyati tugatilishidan manfaatdor. Shu bilan birgalikda sulh shartlari guruh ishtiroki bilan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер