Gʻazo shimoli arablardan tozalanyapti – Isroil sobiq mudofaa vaziri
Isroil armiyasining sobiq qoʻmondoni va mudofaa vaziri Gʻazo shimoli arablardan tozalanayotganini maʼlum qildi va bu Xalqaro jinoiy sud ayblovlariga mos keladi.
Isroilning sobiq mudofaa vaziri, sobiq armiya bosh shtab boshligʻi Moshe Yaalon Isroil matbuotiga Netanyaxuning oʻta oʻng qanot kabinetidagi qattiqqoʻl tarafdorlar Gʻazo shimolidan falastinliklarni quvib chiqarishga intilayotganini va u yerda yahudiy aholi punktlarini qayta tiklashni xohlayotganini aytdi.
“Men u yerda nima sodir boʻlayotgani va bizdan yashirilayotgani haqida ogohlantirishga majburman. Nima boʻlganda ham urush jinoyatlari sodir etilmoqda”, — degan Yaalon.
Yaalon xususiy DemokratTV telekanaliga bergan intervyusida “Biz olib borayotgan yoʻl — bu fath, anneksiya va etnik tozalash”, — deya qoʻshimcha qilgan. Yaalon 2013-yildan 2016-yilgacha Netanyaxu davrida mudofaa vaziri boʻlib ishlagan va shundan beri bosh vazirni qattiq tanqid qilib kelgan.
Payshanba kuni uy-joy vaziri Gʻazo chegarasiga tashrif buyurdi va anklavda aholi punktlarini qayta tiklash tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan.
“Bu yerga yahudiylarning joylashishi 2023-yil 7-oktyabr qirgʻiniga va Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga javobdir”, — degan vazir.
Aksariyat dunyo davlatlari Isroil 1967-yilgi urushda egallab olgan hududlarda qurilgan turar-joylarni noqonuniy deb biladi va ularning kengayishini tinchlikka toʻsiq sifatida koʻradi. Chunki ular falastinliklar kelajakdagi davlat qurishni rejalashtirgan yerlarni egallab olishmoqda.
Yakshanba kuni Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi rahbarlari Quvaytdagi yigʻilishida Gʻazoda zudlik bilan va doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiriqlarini takrorladilar.
Oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar davom etar ekan, dushanba kuni Isroil kuchlari Bayt-Lahiyaga zarba berib, yana kamida 10 nafar falastinlikni oʻldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring