Garov mulkini kredit qarzi kamayishi bilan bosqichma-bosqich chiqarish tartibini eʼlon qilmagan 18 ta bank jarima toʻlaydigan boʻldi
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari rasmiy veb-saytlarida isteʼmolchilarga taqdim etilayotgan axborotlarning ochiqligi, toʻliqligi va tushunarli boʻlishi boʻyicha reja asosidagi monitoring xulosalarini eʼlon qildi.
Monitoring natijalariga koʻra, ayrim veb-saytlarda isteʼmolchi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar yetarli darajada berilmagani aniqlangan.
Jumladan, ayrim banklarning rasmiy veb-saytlarida maʼlumotlar davlat tilida toʻliq berilmagani qayd etilgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha banklarga tegishli koʻrsatmalar berilgan.
Shuningdek, garov mulkini kredit qarzi kamayishi bilan bosqichma-bosqich chiqarish tartibi eʼlon qilinmagani bilan bogʻliq kamchiliklar ham aniqlangan. Ushbu kamchilik “Agrobank”, “Anor bank”, “Hayot bank”, “Universal bank”, “Garant bank”, “Asakabank”, “Turonbank”, “Infinbank”, “Mikrokreditbank”, “Trastbank”, “Madad Invest bank”, “Saderot bank”, “Orient Finans bank”, “Ipoteka-bank”, “Tenge bank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “AVO bank” hamda “Open bank”larning rasmiy veb-saytlarida kuzatilgan.
Mazkur garov tartibi boʻyicha kamchiliklar uchun ushbu banklarning har biriga amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq 102 million soʻmdan jarima belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring