“Gʻarbiy frontda oʻzgarish bor”: Moskva Ukrainaning bir qancha qiruvchi samolyotlarini yoʻq qildi
Foto: fonstola.ru
Rossiya Ukrainaning markaziy qismidagi aviabazaga hujum qilib, bir nechta Ukraina qiruvchi samolyotlarini yoʻq qildi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Poltava viloyatidagi Mirgorod havo bazasini nishonga olganini aytdi. Ular beshta Su-27 qiruvchi samolyotini yoʻq qilganini va yana ikkitasiga zarar yetkazganini daʼvo qilmoqda.
Moskva hujumni aks ettirgani haqida videolarni tarqatdi. “Videoni tasdiqlash imkoni yoʻq, chunki Ukraina harbiy-havo kuchlari hujumga izoh berishdan bosh tortdi”, deb yozdi nashr. NASA sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlariga tayanilsa, ushbu hududda yongʻin yuzaga kelganini koʻrish mumkin.
Ukraina uchuvchisiz samolyotlar va raketalar yordamida Rossiya havo bazalarini nishonga olgan edi. Mirgorod aviabazasiga oldin ham bir necha marotaba zarba berilgan. Ukraina harbiy-havo kuchlarining sobiq matbuot kotibi Yuriy Ignat hujumni tasdiqladi, ammo Rossiyaning yetkazilgan zarar miqdori haqidagi daʼvolariga qarshi chiqdi.
Sobiq maʼmurning taʼkidlashicha, Rossiya xabar qilganidek yoʻqotishlar ogʻir emas. Taniqli rossiyalik harbiy blogerlar ham zarar haqida turli maʼlumotlarni taqdim etgan.
Avvalroq Rossiyada Ukraina gerbi aks etgan futbolka kiyib yurgan oʻzbekistonlik jarimaga tortilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring