“G‘alaba bog‘i”da xalq sayllari bo’lib o’tmoqda – Fotoreportaj

19:15 05 May 2023 Jamiyat
1387 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Inson bor ekan, xotira — muqaddas. Hech kim va hech narsa unutilmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, g‘alabaga munosib hissa qo’shgan hech bir kishini xotirasidan forig’ qilmaydi. 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “G‘alaba bog‘i”da o‘tkazilayotgan xalq sayllariga kelgan insonlar nigohida bu o‘z aksini topmoqda.

Ma’lumot uchun, bog‘ning ochiq hududida ochiq havoda harbiy texnika va qurollarning ko‘rgazmasi tashkil qilingan. Bog‘ ekspozitsiyalari bir nechta tematik zonalardan iborat. “G‘alaba bog‘i” ramziy 12 ta hududga bo‘lingan bo‘lib, kirish qismi, urushning daxshatli qiyofasi, markaziy xiyobon, temir yo‘l vokzali, front orti hududi, amfiteatr va ma’muriy bino, “Ko‘z yoshi” installyatsiyasi, shodu xurramlik, shukronalik va g’alaba hududlari hamda “Shon-sharaf muzeyi”dan tashkil topgan. Bog‘ning markaziy xiyoboniga esa Stalingrad urushi paytida ulkan harbiy jasorat ko‘rsatgan ko‘p sonli qo‘shinni boshqargan general Sobir Rahimov boshchiligidagi urush qahramonlari va qatnashchilari haykali qo‘yilgan.

Ayni kunlarda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga yoshlar va faxriylar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarining sayohati uyushtirilib, ijodiy jamoalarning chiqishlari hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер