FVV fuqarolardan xavotirga tushmaslikni soʻradi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Yerda kuchli magnit boʻroni kuzatilayotgani sabab ikki sutkadan soʻng sharqiy yarim shardagi seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudadan yuqori kuchli zilzila boʻlish xavfi borligi haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur xabarlar asossiz ekanini aytib, fuqarolardan xavotirga tushmasliklarini soʻradi.
Maʼlum qilinishicha, seysmik faollik magnit boʻroniga bogʻliq hodisa emas. Shuningdek, zilzilani vujudga kelishi mumkin boʻlgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yoʻq.
“FVV fuqarolardan asossiz maʼlumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini soʻrab qoladi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan oʻrganishlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston hududida kuchli zilzilalarni koʻrsatuvchi anomal oʻzgarishlar aniqlanmagan.
Taʼkidlash joiz, kecha, 31-may kuni Quyoshning 4100 — dogʻida navbatdagi X sinfga yaqin kuchli chaqnash roʻy berdi. Bu dogʻdan ajralgan plazma toʻgʻridan toʻgʻri Yer magnitosferasiga yoʻnalish oldi va bugun, 1-iyunda kunning birinchi yarmida 5-6 ballik qizil xavfga ega magnit boʻroni kuzatildi. Tushdan esa keyin bu koʻrsatkich 7-8 ballgacha borib yetdi.
“Kuni kecha Quyosh sirtidagi kuchli chaqnash shu qadar tez sayyoramizga yetib keldi-ki, bunaqasi yaqin yillarda boʻlmagan edi”, deb yozadi iqlimshunos Erkin Abdulahadov.
Uning soʻzlariga koʻra, Quyosh shamoli hozir soatiga 1000 km dan tez (odatdagi oʻtmish plazmalaridan 2,5 barobar tez) harakat qilib, chaqnashdan ajralgan plazmani Yer magnitosferasiga davomli urilishiga olib kelmoqda.
Davomli 6-8 ballik magnit boʻroni qoʻzgʻalishi ertaga tush davriga qadar davomli kuzatilishi mumkin. Chunki chaqnashdan ajralgan plazma juda katta va u sayyoramizni “kesib” oʻtmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring