Futbol tarixidagi eng katta “oʻgʻirlik” yoxud Neymar “Al Hilol” bilan shartnomani bekor qildi
Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi braziliyalik futbolchi Neymar bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.
Maʼlum boʻlishicha, tomonlar oʻzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Neymar shartnomaning oson bekor qilinishi uchun kelasi yozgacha amal qiladigan shartnomasidagi 65 million dollarning deyarli yarmidan voz kechgan.
Futbolchining Saudiya Arabistonidagi faoliyati koʻngildagidek boʻlmadi. Neymar “Al Hilol”ga 2023-yil yozida “PSJ”dan 90 million yevro evaziga oʻtgan edi.
Futbolchi yangi klub bilan shartnoma imzolaganidan koʻp oʻtmay, terma jamoasi safida maydonga tushgan va chap tizzasidan jiddiy jarohat olib safdan chiqqandi. U Saudiyadagi faoliyatining aksar qismini jarohati sabab maydondan tashqarida oʻtkazdi. Shunga qaramasdan, Neymar Saudiyada 400 million yevroga yaqin pul ishlab olishga erishgan. Shubhasiz, maydonda deyarli oʻzini koʻrsata olmagan futbolchi uchun toʻlangan eng katta miqdordagi yoʻqotishdir.
Neymar “Al Hilol”dagi faoliyati davomida atigi 7 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.
Soʻngi maʼlumotlarga koʻra, braziliyalik futbolchi 2011-2013-yillar oraligʻida oʻzi toʻp surgan “Santos” jamoasiga oʻtishga yaqin turibdi. Futbolchi klub bilan olti oylik shartnoma imzolashga kelishib olgan.
Neymarning “Santos”ga transferi hafta yakunigacha eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Neymar xalqaro miqyosda Braziliya terma jamoasi safida 128-marta maydonga tushib, 79 ta gol urgan. U Braziliya mezbonlik qilgan 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalga ega chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring