Futbol: Oʻzbekiston toʻrtinchi, Eron esa yigirma beshinchi sovrini yutishi mumkin
Bugun, 8-sentyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “CAFA National Cup” musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtadi.
Ushbu oʻyinda Eron termasi gʻolib boʻlsa, forslar terma jamoa miqyosidagi 25-titulini yutgan boʻladi. Bungacha Eron milliy jamoasi 3-martadan Osiyo Kubogi va Osiyo oʻyinlari musobaqasida, 4-martadan Gʻarbiy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi Kubogi, “LG Cup”, “Minor Cup” va “Eco Cup” turnirlarida, shuningdek, 1-martadan “CAFA National Cup” va “AFC/OFC Challenger Cup” kabi musobaqalarda chempion boʻlgan.
Agar bahsda Oʻzbekiston terma jamoasi gʻalaba qozonadigan boʻlsa, bu sovrin milliy jamoa tarixidagi toʻrtinchisi boʻladi. “Oq boʻrilar” shu vaqtga qadar 1994-yilgi Osiyo oʻyinlarida, 2001-yil Malayziyada tashkil etilgan “Merdeka Kubogi” musobaqasida va 2022-yil Namanganda oʻtgan “Navroʻz Kubogi” turnirida gʻolib boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, bugungi final oʻyini Toshkent shahrida joylashgan “Olimpiya” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring