Futbol: Oʻzbekiston beshinchi, Eron esa yigirma beshinchi sovrinini yutishi mumkin
Bugun, 18-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtayotgan “Al Ain Cup” tijoriy turnirining final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eron termasi bilan kuch sinashadi.
Ushbu oʻyinda Eron termasi gʻolib boʻlsa, forslar terma jamoa miqyosidagi 25-sovrini qoʻlga kiritgan boʻladi. Bungacha Eron milliy jamoasi 3-martadan Osiyo Kubogi va Osiyo oʻyinlari musobaqasida, 4-martadan Gʻarbiy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi Kubogi, “LG Cup”, “Minor Cup” va “Eco Cup” turnirlarida, shuningdek, 1-martadan “CAFA National Cup” va “AFC/OFC Challenger Cup” musobaqalarida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Agar bahsda Oʻzbekiston terma jamoasi gʻalaba qozonadigan boʻlsa, bu sovrin milliy jamoa tarixidagi beshinchi boʻladi. “Oq boʻrilar” shu vaqtga qadar 1994-yilgi Osiyo oʻyinlarida, 2001-yil Malayziyada tashkil etilgan “Merdeka Kubogi” musobaqasida, 2022-yil Namanganda oʻtgan “Navroʻz Kubogi” turniri va, albatta, joriy yili Toshkent va Bishkek shaharlarida oʻtgan “CAFA National Cup” musobaqasida gʻolib boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari oʻrtasidagi “Al Ain Cup” musobaqasi finali bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring