Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashga oid navbatdagi davlat granti tanlovi eʼlon qilindi
2025-yil 8-oktyabr kuni Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda ikkinchi davlat granti tanlovi yakunlari muhokama qilinib, uchinchi tanlovni eʼlon qilish masalalari hamda bir qator fuqarolik jamiyati institutlarining murojaatlari koʻrib chiqildi.
Tanlovda fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 618 ta ariza qabul qilinib, Parlament komissiyasi xulosasiga koʻra 66 ta loyiha gʻolib deb topildi.
Majlisda, shuningdek, 12 ta yoʻnalish boʻyicha, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan navbatdagi davlat granti tanlovini eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qilindi. Ushbu tanlov doirasida jami 5,8 mlrd soʻm mablagʻ hisobidan fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qoʻllab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlari tashabbuslari orqali har bir hudud va soha kesimida maishiy korrupsiya holatlarini keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf etishga qaratilgan “Navoiy tajribasi”ni joriy etish belgilanganligi qayd etildi.
Tajriba doirasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, aholi fikri va jamoatchilik munosabatini oʻrganish, shu asosda loyihalarni amalga oshirish hamda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, Parlament komissiyasi majlisida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarning ijro holati va samaradorligi, Jamoat fondi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi hamda hududlarda saqlanib qolayotgan muammolarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini yanada oshirish masalalari ham muhokama etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring