Fuqarolarni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi boʻlgan sayyohlik firma rahbari qoʻlga tushdi
Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, ularni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishni vaʼda qilgan hamda ushbu xizmati evaziga har bir fuqarodan 32 ming AQSH dollaridan, jami 96 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida sayyohlik firma rahbari oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring