Fuqarolarimizga nisbatan hurmatsizlik, qoʻpol muomalalar va ruxsatsiz tekshiruvlar yuzasidan Oʻzbekiston tomoni yuborgan notaga Rossiya TIV munosabat bildirdi

Kecha, 10-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligida Rossiya tomoni bilan har oy migratsiya masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan navbatdagi uchrashuv tashkil etilgan.
Mazkur uchrashuv davomida Rossiya hududida ayrim holatlarda Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qoʻpol muomalalar kuzatilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar tashvish uygʻotayotgani taʼkidlangan.
“Bunday holatlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarga aslo toʻgʻri kelmasligi, ularni oldini olish uchun aniq chora-tadbirlar zarurligiga eʼtibor qaratdik. Oʻzbekiston Respublikasi xorijda yashayotgan va vaqtincha boʻlib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni oʻzining ustuvor vazifasi deb biladi”, — deyiladi TIV xabarida.
Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni barcha fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinishini taʼminlashga, Rossiya Federatsiyasining tegishli idoralarini Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaslikka chaqirgan.
Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga elchixonamiz tomonidan nota yuborilib, Rossiya TIVdan ushbu holatga izoh berish hamda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib boʻlmas holatligi taʼkidlanib, kuch ishlatar tashkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho berish soʻralgan.
Bugun, 11-iyun kuni elchixonamiz tomonidan yuborilgan mazkur notaga Rossiya tashqi ishlar vazirligi munosabat bildirdi.
“Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekiston notasidagi maʼlumotlarni diqqat bilan koʻrib chiqmoqda, murojaat vakolatli organlarga yetkazilmoqda. Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonga olingan xolis maʼlumotni belgilangan tartibda yetkazadi”, — deydi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Shuningdek, Zaxarova Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekistonni mustahkam ittifoqchilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bogʻlab turishini ham alohida taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring