Fuqarolarga yengil avtomobil xaridi va servis xizmatlaridan 705,3 mln soʻm qaytarildi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan yengil avtomobillarni xarid qilish va servis xizmatlaridan norozilik boʻyicha isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlar oʻrganildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qildi.
Shu yilning dastlabki ikki oyi davomida ushbu yoʻnalishda 154 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning 106 tasi qanoatlantirilgan, 36 tasiga tushuntirish berilgan va 11 tasi vakolatli organlarga yuborilgan.
Natijada, isteʼmolchilarga 705,3 million soʻm mablagʻ qayta hisob-kitob qilib berilgan. Bundan tashqari, sifatsiz deb topilgan 6 ta avtomobil yangisiga almashtirildi.
Jumladan, Toshkent shahridagi “Pronto Motor Trade” avtosalonidan fuqaro “Tracker-2 TRK Redline” avtomobilini sotib olgan, biroq mashinada nuqsonlar aniqlangan. Qoʻmita aralashuvi bilan 253,4 mln soʻmlik avtomobil yangi va sifatlisiga almashtirib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring