Fuqaro muhofazasiga oid muhim Bitimni ratifikatsiya qilish masalasi muhokama qilindi

Foto: Davronbek Ernazarov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Senatning sakkizinchi yalpi majlisida “Turkiy davlatlar tashkilotining Fuqaro muhofazasi mexanizmini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Bishkek, 2024-yil 6-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, Bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Qirgʻiziston Respublikasining Bishkek shahrida “Turkiy dunyoni kengaytirish: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik” shiori ostida oʻtkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotiga davlat rahbarlari kengashi yigʻilishi doirasida ishlab chiqilgan va Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekiston tomonidan imzolangan.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi Tashkilotga aʼzo davlatlarning favqulodda vaziyatlar idoralari oʻrtasida tabiiy ofatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida samarali hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va Tashkilot aʼzolarining soha yoʻnalishidagi doʻstona munosabatlarini mustahkamlashdan iborat.
Bitimda Tashkilotga aʼzo davlatlar fuqaro muhofazasi mexanizmi kuzatuvchi davlatlar va boshqa davlatlarning hududlarida yuz berishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda favqulodda ehtiyojlarni qondirish uchun birgalikdagi faoliyatni samarali tashkil etish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Tashkilotga aʼzo davlatlarning favqulodda vaziyatlar idoralari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, tabiiy ofatlar vaqtida tezkor qidiruv-qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu sohadagi monitoring, tahlillar natijalarini hamda oʻzaro tajriba almashinuvini tizimlashtirish hamda oʻzaro yordam va hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish kabi masalalarning huquqiy asoslari va mexanizmlari belgilangan.
Qonun bilan mazkur Bitimning ratifikatsiya qilinishi favqulodda vaziyatlar sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarishga va tabiiy ofatlarning oldini olish, prognozlash, monitoring va tahlil qilishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlar va holatlar sodir boʻlganda boshqaruv va qidiruv-qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha ilgʻor tajribalarni almashishga imkon yaratadi.
Muhokama yakunida senatorlar tomonidan Qonun maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring