Fu Min – hunarmandlar mahallasi
Shu yilning 13-20-fevral kunlari Fargʻona viloyati hokimligi delegatsiyasi tarkibida Vyetnam davlatida boʻlib, tadbirkor, kulol sifatida oʻzim uchun koʻplab yangi tajribalarga ega boʻldim. Eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida istiqbolli kelishuvlarga erishilgani esa yanada quvonarlidir.
Mamlakat poytaxti Xanoy shahridagi Fu Min mahallasiga tashrif menda unutilmas taassurotlar qoldirdi. Bu mahalladagi 900 ta oilada 3500 nafar aholi istiqomat qiladi. Har bir xonadon ota-bobolardan meros hunarni davom ettirib, bambuk daraxtidan ip ishlab chiqarish, tabiiy mahsulotlar tayyorlash bilan shugʻullanadi.

Mahalladagi oilaviy korxonalardan birining faoliyati bilan tanishish asnosida ipdan savat toʻqishga ixtisoslashgan ishlab chiqarish jarayoni bizda katta qiziqish uygʻotdi. Oilaviy korxona qariyb 40 yillik tajribaga ega boʻlib, 100 ta ish oʻrni yaratilgan. Bir yilda oʻrtacha 8-10 million dollar miqdorida eksport qiladi.
Vyetnamda ham oʻzimizda boʻlgani kabi kasanachilik ancha rivojlangan ekan. Xususan, Fu Min mahallasida joylashgan xonadonlardagi savat toʻqish jarayoni bizdagi kulolchilik klasteri ish uslubi asosida tashkil etiladi. Shu bilan birga ularning kulolchilik mahsulotlari Turkiya kulolchiligiga oʻxshab ketadi.
Shuningdek, tashrif doirasida Vyetnamning Bat Trang shahri bilan kulolchilik hamda savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, doʻstlik jamiyatlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Bat Trang shahri hamda Rishton tumani oʻrtasida “Birodar shahar” memorandumi imzolandi.

Aytish joiz, keyingi yillarda Rishton tumani hokimligi tashabbusi bilan dunyoning kulolchilik sohasi rivojlangan 6 ta shahri – Turkiyaning Iznik va Kutaxya, Italiyaning Deruta, Yaponiyaning Maydzuru, Ozarbayjonning Ismoili, Belarus Respublikasining Kruglyanski shaharlari bilan Rishton tumani oʻrtasida ana shunday memorandumlar imzolangani eʼtiborga loyiq.
Ayni kunlarda Buyuk Britaniya, Fransiya, Polsha, Litva, Gruziya, Avstraliya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya mamlakatlari shaharlari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar davom etmoqda.
Shokirjon AHMADJONOV,
Rishton tumanidagi “Mingboshi keramik”
oilaviy korxonasi rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring