FT: Ukraina Yevropaning mablagʻlari hisobiga AQSHdan 100 mlrd dollarlik qurol xarid qilishga tayyor
Foto: Keystone Press Agency
Financial Timesʼning yozishicha, Ukraina Vashingtondan xavfsizlik kafolatlarini olish maqsadida AQSH qurollarini 100 milliard dollarlik shartnoma asosida xarid qilishga tayyor. Mazkur bitim Yevropa mamlakatlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi kutilmoqda.
Hujjatda Kiyev qaysi turdagi qurollarni olishni rejalashtirayotgani aniq koʻrsatilmagan. Ammo avvalroq Ukraina kamida 10 ta amerikalik Patriot havo mudofaa tizimini sotib olish istagini bildirgan edi.
Shuningdek, Kiyev AQSH bilan qiymati 50 milliard dollarga teng dronlar ishlab chiqarish boʻyicha Ukraina kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyiha amalga oshirishga ham tayyorligini maʼlum qilgan.
Ukraina Rossiyaga Donbassning nazoratdagi qismlarini berish va frontning qolgan yoʻnalishlarini muzlatib qoʻyish gʻoyasini rad etmoqda. Kiyevning taʼkidlashicha, Rossiya urush davrida yetkazgan zarar uchun toʻliq tovon toʻlashi shart. Bu kompensatsiya Gʻarb mamlakatlarida muzlatib qoʻyilgan qiymati 300 milliard dollarga teng Rossiyaning suveren aktivlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring