Frimpong, Mamardashvili, Kerkez va APL tarixidagi eng qimmat transfer

12:42 10 Avgust 2025 Sport
257 0

Foto: Illustrativ surat

Angliyada yozgi transferlar oynasi yopilishiga 19 kun qoldi. Bu koʻp vaqt emas, ammo Premyer-liga bahslari kelgusi haftadan start oladi. Shu bois koʻpchilik klublar transfer rejalarining 90 foizini yakunlagan. Biz esa Yevropa grandlarining yozdagi harakatlarini tahlil qilishni boshlaymiz. Birinchi navbatda “Liverpul” haqida.

Ketganlar

Yozda “Liverpul” safini 9 futbolchi tark etdi:

Luis Dias — “Bavariya”ga, 70 mln yevro

Darvin Nunyes — “Al-Hilol”, 53 mln yevro

Jarell Kuansa — “Bayer”, 35 mln yevro

Kuivin Kellexer — “Brentford”, 14.8 mln yevro

Trent Aleksander-Arnold — “Real Madrid”, 10 mln yevro

Tayler Morton — “Lion”, 10 mln yevro

Nat Fillips — “Vest Bromvich”, 3.5 mln yevro

Yarosh Vitezslav — “Ayaks”, ijara

Xarvi Devis — “Krouli”, ijara

Aynan Dias va Aleksander-Arnold ketishi jamoaning chap qanot hujumi hamda oʻng qanot himoyasini sezilarli kuchsizlantirishi mumkin edi.

Yangi kelganlar

Arne Slot qoʻl ostida “mersisaydliklar” transfer bozorida faol boʻlib, katta mablagʻ sarfladi:

Florian Virs — “Bayer”, 125 mln yevro (APL rekordi)

Yugo Ekitike — “Ayntraxt”, 80 mln yevro

Milosh Kerkez — “Bornmut”, 47 mln yevro

Jeremi Frimpong — “Ayntraxt”, 40 mln yevro

Armin Pechi — “Pushkash”, 1.8 mln yevro

Frederik Vudman — “Preston”, erkin agent

Giorgi Mamardashvili — “Valensiya”, 29 mln yevro

Asosiy transferlar tahlili

Jeremi Frimpong (24 yosh, Niderlandiya, oʻng himoyachi)
Aleksander-Arnold oʻrnini toʻldirish uchun olingan. Frimpong tezkor, driblingda yaxshi, yuqori bosim ostida ham toʻpni nazorat qila oladi. Arnolddan farqli oʻlaroq, u markazdan emas, chiziq boʻylab hujum qiladi.

Florian Virs (22 yosh, Germaniya, hujumkor yarim himoyachi)
APL tarixidagi eng qimmat transfer — 125 mln yevro. Virs kreativ yarim himoyachi sifatida jamoaga yaratuvchanlik qoʻshishi kutilmoqda. U “yolgʻon toʻqqizlik” yoki qanotda ham oʻynay oladi.

Yugo Ekitike (23 yosh, Fransiya, markaziy hujumchi)
Bundesligada oʻtgan mavsum 22 gol va 12 assist bilan yorqin oʻynagan. Har 107 daqiqada golli harakat. Nunyesdan farqli ravishda paslarda ham samarador.

Milosh Kerkez (22 yosh, Vengriya, chap himoyachi)
Robertsonning jarohati va Simikasning noaniq kelajagi tufayli olingan. Chap qanotda yuqori tezlik va chidamlilik bilan tanilgan, zaruratda “wing-back” yoki yarim himoyachi sifatida ham foydalanilishi mumkin.

Arne Slot qoʻl ostida “Liverpul” yozda 290 mln yevrodan koʻproq sarflab, tarkibini jiddiy kuchaytirdi. Koʻpchilik ekspertlar jamoani yangi mavsumda APL chempionligi uchun asosiy nomzod sifatida koʻrmoqda. Endilikda savol bitta — ushbu investitsiyalar chempionlikka olib keladimi?

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер