Fransiyalik deputat AQSHdan Ozodlik haykalini qaytarishni talab qildi
Fransiyalik Yevroparlament deputati Rafael Glyuksmann AQSH rasmiylaridan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarishni talab qildi. Unga koʻra, AQSHning hozirgi siyosati va ayniqsa, Donald Tramp maʼmuriyatining qarorlari mamlakatning ozodlik qadriyatlariga sodiq emasligini koʻrsatmoqda. Glyuksmann bu fikrlarini 17-mart kuni “Place publique” partiyasi yigʻilishida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda AFP.
Qayd etilishicha, deputat oʻz nutqida AQSHning Rossiya bilan yaqinlashayotganini tanqid qilib, Vashington “zolimlar tomonida turish” qarorini qabul qilgan. Shuningdek, u Tramp maʼmuriyatini ilmiy erkinlikni yoqlagan olimlarni ishdan boʻshatgani uchun ham qoraladi. Shu sababli, Glyuksmann AQSHga haykalni qaytarish haqida chaqiriq yoʻlladi: “Biz uni sizga hadya qilgan edik, lekin siz bu ramzni hurmat qilmaysiz”, – dedi u.
Ozodlik haykali XIX asrda fransuz haykaltaroshi Ogyust Bartoldi boshchiligida yaratilib, AQSHga Fransiyaning mustaqillik urushidagi koʻmagining ramzi sifatida hadya qilingan. 46 metr balandlikdagi ushbu mis haykal 1886-yilda Nyu-Yorkdagi Ozodlik orolida ochilgan. U AQSHga kelayotgan millionlab muhojirlar uchun yangi hayotga umid timsoli boʻlib xizmat qilgan.
Glyuksmannning daʼvosi rasmiy talab emas, ammo u Donald Trampning tarixiy qarorlarni qayta koʻrib chiqishga moyil siyosatini esga soluvchi harakat sifatida baholanmoqda. Tramp prezidentlikka saylanishidan oldin ham bir qator tarixiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga vaʼda bergan edi.
Yevroparlament deputatining AQSHdan Ozodlik haykalini qaytarishni talab qilishi hozircha rasmiy pozitsiya emas. Ammo bu talab Fransiya va AQSH oʻrtasidagi qadriyatlar va erkinlik tushunchasi borasidagi farqlarni yana bir bor yuzaga chiqargani bilan ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring