Fransiyaga tegishli kompaniya Oʻzbekistonda uran qazib olish loyihasiga qoʻshildi
“Navoiyuran” davlat korxonasi va Fransiyaning “Orano” kompaniyasi Janubiy Jengeldi uran konini sanoat miqyosida oʻzlashtirish boʻyicha muhim kelishuv imzoladi. Ushbu loyiha doirasida konni rivojlantirish, qazib olish va ekologik xavfsizlik standartlariga rioya qilish boʻyicha majburiyatlar belgilandi. Bu haqda shirkat saytida xabar berilgan.
Shartnoma doirasida Yaponiyaning “ITOCHU Corporation” kompaniyasi ham qoʻshma korxona tarkibiga minortiar ulush bilan qoʻshildi. Hamkorlar konning foydali qazilma resurslarini kamida ikki barobarga oshirish uchun keng qamrovli geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Loyiha uzoq muddatli strategik hamkorlikni nazarda tutadi. U nafaqat uran qazib olishni kengaytirishga, balki mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ham hissa qoʻshadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi va atrof-muhitni muhofaza qilish choralari koʻriladi.
Janubiy Jengeldi konining tasdiqlangan zaxiralariga koʻra, ushbu loyiha kamida 10-yil davomida uran qazib olish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning eng yuqori hajmi yillik 700 metrik tonnaga yetishi kutilmoqda. Bu esa Oʻzbekistonni global uran sanoatining muhim yetkazib beruvchilaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.
Loyiha 2022-yilda “Orano” va Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida imzolangan strategik hamkorlik bitimi doirasida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hamkorlar konning foydali qazilma zaxiralarini kamida ikki baravarga oshirish maqsadida qoʻshimcha geologik-qidiruv ishlarini ham olib boradilar.
“Orano” kompaniyasining konchilik faoliyatlari boʻyicha direktori Ksave Sent Martin Tillet ushbu loyiha Orano guruhining qazib olish manbalarini diversifikatsiya qilishiga xizmat qilishini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu Oʻzbekistonda soʻnggi besh yil davomida olib borilgan ishlarning mantiqiy natijasidir. Shuningdek, “Orano” oʻzining geologik va texnik tajribasi bilan loyihani rivojlantirish hamda qoʻshma korxona faoliyatini kengaytirishga hissa qoʻshishni maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring