Fransiyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi. Uning juda xavfli ekani aytilmoqda
Illyustrativ foto
Fransiyaning Bretan mintaqasida koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlangan. Fransiya sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, ushbu shtammni yuqtirganlarda uni aniqlash juda qiyin.
"Mutatsiya bilan zararlanganlarda ”SARS-CoV-2"ga xos alomatlar boʻlsada, test natijalari salbiy chiqmoqda", deyiladi vazirlik xabarida.
Manbaga koʻra, 13-mart kuni Kot-dʻArmor departamentida 79 ta koronavirus bilan zararlanish holati qayd etilgan boʻlsa, shundan sakkiztasi yangi mutatsiya ekani maʼlum boʻlgan.
Mutaxassislar hozircha yangi shtammda kasallikning ogʻir kechish xavfi mavjud emasligini va oʻrganishlar davom ettirilayotganini maʼlum qildi.
Bungacha koronavirusning Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika Respublikasi shtammlari aniqlangan boʻlib, ular dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida qayd etilgan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus bu yangi shtammlari “asl nusxa”siga qaraganda yuqumli ekanligini tasdiqlagan. Ammo mazkur mutatsiyalarning ushbu xususiyatlari kasallikni ogʻir kechishiga taʼsir qilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring