Fotoreportaj: Olimpiya shaharchasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevga Olimpiya shaharchasi qurilishi qanday davom etayotgani bo‘yicha haqida axborot berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 9 noyabr kuni Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Uning maydoni 100 gektar bo‘lib, 10 ming o‘rinli yengil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi. Bu yerda 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.
Loyiha dunyoning 70 ta mamlakatida sport inshootlari qurgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qurilishga mingdan ziyod ishchi va muhandislar, ilg‘or texnikalar jalb qilingan. Hozirgi kunga qadar 7 ta asosiy binoning yer osti ishlari to‘liq bajarilgan.
"Xalq so‘zi" fotomuxbiri Olimpiya shaharchasining qurilish maydonchasiga tashrif buyurdi va qurilishi qanday ketayotgani bo‘yicha fotoreportaj tayyorladi.




















Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring