Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor
Foto: РИА Новости
Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning “Argos Georgia” baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.
“Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
“Argos Georgia” dushanba kuni Folklend orollari yaqinida choʻkib ketdi. NRK teleradiokompaniyasi Qutqaruvni boshqarishning bosh markaziga tayanib, kema Norvegiyaning “Ervik Havfiske” kompaniyasiga tegishli boʻlib, Muqaddas Yelena oroli bayrogʻi ostida harakat qilgan.
“EFE” axborot agentligi xabariga koʻra, kema bortida jami 27 kishi boʻlgan. Ulardan oʻn nafari Ispaniya, sakkiz nafari Rossiya, besh nafari Indoneziya, ikki nafari Urugvay va ikki nafari Peru fuqarosi boʻlgan.
“Ervik Havfiske” ijrochi direktori Stig Ervikning “RIA Novosti”ga maʼlum qilishicha, 14 kishi qutqarib olinib, Folklend orollariga olib ketilgan. Toʻqqiz nafar dengizchining jasadi topilgan, toʻrt nafar ekipaj aʼzosi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring