Finlyandiyada Xelsinki–Tallin suv osti kabeliga zarar yetkazgan kema qoʻlga olindi
Xelsinki va Tallin shaharlari oʻrtasidagi suv osti telekommunikatsiya kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilingan kemani qoʻlga oldi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Finlyandiyadagi aloqa operatori 2025-yil 31-dekabr kuni tongda Xelsinki va Tallin shaharlari oʻrtasida joylashgan suv osti telekommunikatsiya kabelida nosozlik aniqlangani haqida xabar bergan. Mazkur maʼlumot zudlik bilan Finlyandiya Chegara qoʻriqlash xizmatiga yetkazilgan va tekshiruv ishlari boshlangan.
Tekshiruvlar davomida kabelga yetkazilgan zarar Estoniyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi hududida sodir etilgani aniqlangan. Finlyandiya rasmiylarining maʼlum qilishicha, tez orada voqeaga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan kema topilgan. Patrul kemasi va vertolyot tomonidan u Finlyandiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasida, langar tashlab turgan holda aniqlangan. Sohil qoʻriqlash xizmati kemani nazoratga olgan, tergov ishlari esa Xelsinki politsiyasiga topshirilgan.
Maʼlumot uchun, hibsga olingan kema Sent-Vinsent va Grenadinlar bayrogʻi ostida suzib yuruvchi “Fitburg” kemasi hisoblanadi. U Istanbul shahrida roʻyxatdan oʻtgan Turkiyaning “Albros Shipping & Trading” kompaniyasiga tegishli boʻlib, Sankt-Peterburgdan Isroilga yoʻl olgan boʻlgan.
Hodisa yuzasidan milliy va xalqaro darajada tergov ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring