Finlyandiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb 29-oktabr – 1-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Finlyandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, kimyo, energetika, raqamlashtirish, tog‘-kon sanoati va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mehnat migratsiyasi, madaniyat, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish sohalarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, ko‘p tomonlama tuzilmalarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring