Finlyandiya parlamentida tashqi ishlar vazirining Rossiya haqidagi soʻzlari sabab mojaro kelib chiqdi
Finlyandiya parlamentining plenar majlisi mamlakat tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenning Rossiya haqidagi bayonoti ortidan kelib chiqqan bahs sabab toʻxtab qoldi. Bu haqda “Iltalehti” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Chap ittifoq” partiyasidan deputat Yoxannes Yurttiaxo Valtonenni Rossiyaga soʻnggi 100-yil ichida hech bir davlat hujum qilmagani haqida aytgan gaplari uchun tanqid qilgan. Uning taʼkidlashicha, bu jiddiy masala boʻyicha notoʻgʻri bayonot boʻlib, Rossiyaga oʻzi hujum qilgan mamlakat rahbariyati vakili tomonidan aytilgan.
Deputat Finlyandiya 1941-yil iyun oyida natsistik Germaniya bilan birga “Barbarossa” operatsiyasi doirasida Sovet Ittifoqiga hujum qilganini eslatgan. Shuningdek, u sovet-fin urushi Finlyandiya magʻlubiyati bilan yakunlanganini va bu holat mamlakatning keyinchalik Buyuk Vatan urushi davrida SSSRga qarshi bosqinda ishtirok etishiga olib kelganini qayd etgan.
Yurttiaxo tashqi ishlar vaziridan ommaviy axborot vositalariga maʼlumot berishdan oldin uni tekshirib koʻrish kerak emasmidi, deya savol ham bergan. Biroq nashr maʼlumotiga koʻra, Valtonen ushbu savolni javobsiz qoldirgan, majlis esa uning chiqishidan keyin davom etgan yoki etmagani aniq emas.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Elina Valtonen “soʻnggi 100-yil ichida Rossiya 19 ta qoʻshni davlatga hujum qilgan, unga esa hech kim hujum qilmagan” degan bayonot bergan edi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Valtonenning gaplarini tanqid qilinib, Finlyandiya rahbariyatining tarixni bilmasligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring