Finlyandiya bosh vaziri Ukraina ittifoqchilarini Rossiyadan kuchliroq boʻlishga chaqirdi

10:39 23 Oktyabr 2025 Dunyo
315 0

Foto: Reuters

Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo “Politico” nashriga bergan intervyusida AQSH prezidenti Donald Tramp oxir-oqibat Ukrainani Rossiyadagi nishonlarga zarba berish uchun uzoq masofaga uchuvchi “Tomahawk” raketalari bilan taʼminlashiga umid bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, Rossiya “doimiy xavfsizlik tahdidi” va shuning uchun Ukraina “oʻzini himoya qilish uchun” qurolga muhtoj. Agar Kiyevning ittifoqchilari mojaroni toʻxtatmoqchi boʻlsa, “ular Rossiyadan kuchliroq boʻlishi kerak”, — deydi siyosatchi.

“Umid qilamanki, ular Rossiyaga qarshi zarbalar berish va oʻzini himoya qilish uchun zarur imkoniyatlarni oladi. Bu Zelenskiy va AQSH oʻrtasidagi muammo ekanini bilamiz va ular yechim topishiga juda ishonamiz”, — deydi Orpo.

Avvalroq “The Wall Street Journal” nashri Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Oq uyda boʻlib oʻtgan uchrashuvda yaqin orada “Tomahawk” raketalarini olishni kutmasligi kerakligini aytgani haqida xabar bergan edi. Qayd etilishicha, u oʻzining asosiy ustuvorligi mojaroga barham berish ekanini, hech qanday aniq hududiy natijaga bogʻliq emasligini ochiq aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер