Financial Times: Yer yuzidagi plyajlar yoʻqolib ketish xavfi ostida

Foto: Getty Images
Financial Times nashri dunyo boʻylab joylashgan plyajlar eroziya (tuproqning yer usti suvlari oqimi taʼsirida yemirilishi) tufayli yoʻqolib ketishi mumkinligini maʼlum qildi. Bunda asosiy muammo — sohillardan qumning yuvilib ketishi va bu jarayonni toʻxtatishning qiyinligi sanaladi.
“Mayami, Barselona va Avstraliyaning Oltin sohilidan tortib, butun dunyo boʻylab mahalliy hukumatlar kelgusi yillarda sohillarni yer yemirilishidan qanday himoya qilish mumkinligini oʻrganmoqda”, — deb yozadi Financial Times.
Nashr taʼkidlashicha, sohil eroziyasining maʼlum qismi tabiiy jarayon hisoblanadi. Ammo global isish tufayli yuzaga kelgan muzliklarning erishi, kuchli boʻronlar va baland toʻlqinlar bu holatni yanada ogʻirlashtirmoqda.
Plyajlarni saqlab qolish uchun sunʼiy ravishda qum olib kelish amaliyoti keng tarqalgan. Qum tabiiy toʻsiq vazifasini bajarib, suv toshqinlaridan himoya qilib turadi. Ammo soʻnggi yillarda qurilish va boshqa sohalarda talab yuqori boʻlgani bois qum narxi oshib bormoqda, uning taklif hajmi esa kamaygan.
Maʼlumotlarga koʻra, 2020-yildan beri AQSHning Rodant shahrida sohil eroziyasi tufayli 11 ta uy okeanga agʻdarilgan. Plyajlarni tiklash uchun 40 million dollardan ziyod mablagʻ kerak boʻlishi aytilmoqda.
Barselona sohili esa har yili taxminan 30 ming kubometr qumni yoʻqotmoqda. Bu miqdor 12 ta olimpiya basseyni hajmiga teng.
Financial Times tahlilchilariga koʻra, koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, ayrim plyajlar kelajakda mutlaqo yoʻqolib ketishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring