Filippinning sobiq prezidenti Xalqaro jinoyat sudi orderi bilan hibsga olindi

10:53 11 Mart 2025 Dunyo
188 0

Foto: Reuters

Filippinning sobiq prezidenti Rodrigo Duterte Xalqaro jinoyat sudi orderi bilan Manila xalqaro aeroportida hibsga olindi. Bu haqda “South China Morning Post” gazetasi xabar berdi.

“Duterte Gonkongdan kelganidan soʻng, politsiya uni insoniyatga qarshi jinoyatlar ishi boʻyicha chiqarilgan Xalqaro jinoyat sudi orderi asosida hibsga olgan. Sud Dutertening giyohvandlikka qarshi kurash kampaniyasi vaqtida sodir boʻlgan qotilliklar boʻyicha tergov qiladi”, — deyiladi manbada.

Gazeta, shuningdek, Filippinning sobiq rahbarining hibsga olinishi aeroportda tartibsizliklarga sabab boʻlganini yozgan. Xususan, Dutertening advokatlari va yordamchilari siyosatchi hibsga olinganidan keyin unga yaqinlashishga ham ruxsat berilmaganiga baland ovozda norozilik bildirishdi.

2018-yilning 28-sentyabr kuni Duterte narkotiklar urushi paytida sudsiz qotilliklarni “oʻzining yagona gunohi” deb atagandi. Xabar qilinishicha, huquq himoyachilari sobiq davlat rahbarining soʻzlarini oʻz aybiga iqror boʻlish sifatida talqin qilgan.

Hozirda 79 yoshda boʻlgan Duterte 2016-yilning 30-iyunidan 2022-yilning 30-iyuniga qadar Filippinni boshqargan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер