Filippinlik afsonaviy bokschi yana ringga qaytmoqda
Arxiv foto
Shu yilning 28-iyul kuni Yaponiyaning Saytama shahrida «Super RIZIN 3» turniri doirasida filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao mezbonlar vakili Chixiro Suzukiga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda «Boxing News» nashri xabar bermoqda.
Uning raqibi RIZIN turnirining amaldagi chempioni hisoblanadi. Jang har biri uch daqiqalik uch raunddan iborat boʻladi.
Pakyao 1995-yilda 16 yoshida oʻzining birinchi professional jangini oʻtkazgan va 1998-yilda «WBC Flyweight» chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan. U soʻnggi jangini 2021-yilda Yordenis Ugasga qarshi oʻtkazib, hakamlar qaroriga koʻra magʻlub boʻlgandi.
Menni Pakyao professional boks tarixida eng yaxshi bokschilardan biri hisoblanadi. U oʻz faoliyati davomida sakkiz xil vazn toifasida oʻn ikkita chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan. Bunday natijaga birorta charm qoʻlqop ustasi erisha olmagan.
45 yoshli Pakyao professional boksda 62 gʻalaba (39 ta nokaut), 8 ta magʻlubiyat (3 ta nokaut) va ikkita durang qayd etgan. 25 yoshli Suzuki esa aralash yakkakurashlarda 13 gʻalabaga ega. U uch bor magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring