FIFA Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatining rasmiy toʻpini taqdim etdi

18:08 30 Mart 2022 Sport
1022 0

Foto: FIFA

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) joriy yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatining rasmiy toʻpi suratini eʼlon qildi.

U “Al Rihla” nomini oldi. Bu arab tilidan tarjima qilinganda “sayohat” degan maʼnoni anglatadi. Toʻp Qatar madaniyati, meʼmorchiligi va bayrogʻini oʻzida aks ettirgan.

Jahon chempionati shu yilning 21-noyabr — 18-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Hozirga qadar unda ishtirok etadigan 27 terma jamoaning nomi maʼlum boʻldi. 

Germaniya, Daniya, Fransiya, Belgiya, Xorvatiya, Ispaniya, Serbiya, Angliya, Shveysariya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina, Ekvador, Urugvay, Eron, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Kanada, Senegal, Gana, Portugaliya, Polsha, Tunis, Marokash, Kamerun musobaqaga saralash bahslari orqali yoʻl oldi. Qatar esa mezbon sifatida ishtirok etadi.

Musobaqada jami 32 terma jamoa qatnashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?