FIDE rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakinni olti oyga diskvalifikatsiya qildi

23:10 21 Mart 2022 Sport
1150 0

Foto: cska.ru

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakinni olti oyga shaxmatdan chetlatdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati rasmiy saytida maʼlum qildi.

Shu tariqa rossiyalik sportchi olti oy davomida Xalqaro shaxmat federatsiyasi shafeligida oʻtkaziladigan turnirlarda qatnasha olmaydigan boʻldi. 

Avvalroq, FIDE rossiyalik va belaruslik shaxmatchilarni oʻz mamlakatlari bayrogʻi va madhiyasi ostida turnirlarda ishtirok etish huquqidan mahrum etishga qaror qilgan edi. Unga koʻra, shaxmatchilar Rossiya shaxmat federatsiyasi/Belarus shaxmat federatsiyasi yoki Xalqaro shaxmat federatsiyasi bayroqlari ostidagi musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.

Bundan tashqari, tashkilot Rossiya va Belarusdan sanksiyalar roʻyxatidagi kompaniyalar bilan homiylik shartnomalarini bekor qilishga qaror qildi.

Bundan tashqari, Rossiya joriy yilning 26-iyul — 8-avgust kunlari tashkil etilishi kerak boʻlgan Shaxmat Olimpiadasini oʻtkazish huquqidan mahrum etildi. Maʼlumotlarga koʻra, Hindiston musobaqani oʻtkazish uchun ariza topshirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?