FIDE reytingi yangilandi: oʻzbekistonlik shaxmatchilar nechanchi oʻrinda?

15:04 02 Yanvar 2026 Sport
574 0

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning 1-yanvar holatiga koʻra navbatdagi reyting roʻyxati eʼlon qilindi. Unga muvofiq, Oʻzbekistonning bir qator yetakchi grossmeysterlari jahonning eng kuchli 100 nafar shaxmatchisi qatorida joy oldi.

Erkaklar oʻrtasidagi reytingda Nodirbek Abdusattorov 2751 ochko bilan dunyo miqyosida 12-oʻrinni egalladi. Javohir Sindarov 2726 reyting ochkosi bilan 21-oʻrindan joy olgan boʻlsa, Nodirbek Yakubboyev 2691 ochko bilan jahon reytingida 36-oʻringa koʻtarildi.

Shuningdek, tajribali grossmeyster Rustam Qosimjonov 2664 reyting ochkosi bilan 51-oʻrinni, Shamsiddin Vohidov esa 2644 ochko bilan 77-oʻrinda qayd etildi.

Ayollar oʻrtasidagi TOP-100 reytingda ham Oʻzbekiston vakilalari munosib natija koʻrsatdi. Afruza Hamdamova 2403 ochko bilan dunyo boʻyicha 41-oʻrindan joy olgan boʻlsa, Gulruhbegim Tohirjonova 2363 reyting ochkosi bilan 79-oʻrinni egalladi.

Maʼlumot uchun, FIDE reytingi har oy yangilanib, shaxmatchilarning xalqaro musobaqalardagi natijalari asosida shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер