Fermerlarga suv tejovchi texnologiya uchun subsidiya beriladi

17:46 08 Iyul 2024 Jamiyat
316 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Dunyodagi iqlim oʻzgarishi, anomal issiq haroratning uzoq muddat saqlanib turishi, qor qatlamlarining tez erib borishi qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv taqchilligiga sabab boʻlmoqda.

Samarqand viloyatida suv tejamkorligi borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda viloyat boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari tomonidan 28 ming gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish belgilangandi. Shundan, 7300 gektarga tomchilatib sugʻorish, 3300 gektarga yomgʻirlatib sugʻorish, 2600 gektarga diskretli sugʻorish, 9300 gektarda egiluvchan quvur va plyonka toʻshab sugʻorish hamda 5500 gektar maydonda lazerli tekislash xizmatlari yoʻlga qoʻyildi.

Keyingi uch yilda viloyat boʻyicha 42,5 ming gektardan ortiq maydonga suv tejovchi texnologiyalari joriy etildi. Shundan, 4500 gektar paxta maydoni, 5504 gektar intensiv bogʻ-tokzorlar tomchilatib sugʻorish, 3124 gektar gʻalla va 81 gektar boshqa ekin maydonlariga yomgʻirlatib sugʻorish tizimi amalga oshirildi. 8356 gektar maydonga egiluvchan quvur va plyonka toʻshab sugʻorish, 3 235 gektar maydonga diskret sugʻorish texnologiyalari yaratildi. 17 694 gektar ekin maydonlari lazerli yer tekislash yordamida tekislandi.

Natijada suv tejalib, 90 ming gektar gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin ekildi, — deydi viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi boshligʻi Bekzod Tugalov. — Bu yil takroriy ekindan 1 million 450 ming tonnadan ziyod sabzavot, kartoshka va dukkakli ekinlardan hosil yigʻishtirib olinishi kutilmoqda.

Fermerlarga suv tejovchi texnologiyalar uchun subsidiya mablagʻlarining ajratilishi har gektar maydondan olinadigan hosilning yanada yuqori boʻlishiga zamin yaratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер