FDA tarqoq sklerozni davolash uchun “Sandoz”ning bioanalogini tasdiqladi
FDA Sandoz kompaniyasining tarqoq sklerozga qarshi Tyruko preparatini tasdiqladi, bu “Biogen”ning AQSHda tasdiqlangan tarqoq sklerozga qarshi “Tizabri” dori vositasining birinchi bioanalogi.
Sandoz veb-saytidagi xabarga koʻra, Tyruko, xususan, tarqoq sklerozning qaytalanuvchi shakllari boʻlgan katta yoshli bemorlarga inyeksiya uchun moʻljallangan.
FDA analitik, funksional va klinik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan keng qamrovli maʼlumotlar toʻplamiga asosan mazkur bioanalogni maʼqulladi. Bioanalog preparatlar faqat virusli infeksiyani rivojlanish xavfi aniqlanganligi sababli xavfni baholash va kamaytirish strategiyasining bir qismi sifatida mavjud - progressiv multifokal leykoensefalopatiya.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarida millionga yaqin odam tarqoq sklerozdan aziyat chekmoqda va ularning yuz minglab odamlari kasallikning qaytalanishini boshdan kechirmoqda. Tyruko bu bemorlar uchun davolanish imkoniyatlarini kengaytirishi va “bozor raqobati orqali innovatsiyalarni rivojlantirishi” mumkin, deyiladi xabarda.
Tarqoq skleroz — bu markaziy asab tizimining progressiv surunkali yalligʻlanish va neyrodegenerativ kasalligi boʻlib, kundalik hayotga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Koʻpgina bemorlar qisman yoki toʻliq yaxshilanadigan yangi alomatlar yoki relaps davrlarini boshdan kechiradilar va keyin remissiya davrlari keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring