Farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalarga muhim tavsiyalar berildi

Bugun AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova shu haqda va koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq boshva savollarga javob qaytardi.
Savol: Farzandlari maktabga qatnayotgan ota-onalarga qanday tavsiyalar berasiz?
Javob: Ota-onalar:
— avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sogʻligiga va ruhiy holatiga albatta eʼtibor berishlari kerak;
— shu oʻrinda psixologlar tarafidan bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida uch hafta) talab etilishini inobatga olib, sizdan bolaning ruhiy holatiga eʼtibor berishingizni soʻraladi;
— farzandingizga oʻtgan vaqt davomidagi oʻzlashtirmagan bilimlariga yetib olishida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan stressni yengishga koʻmaklashish kerak;
— karantin taʼtilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga tanbeh bermaslikka harakat qiling. Chunki oʻzingiz bilmagan holda farzandingizning kuchli tomoniga boʻlgan ishonchini yoʻqotishiga sababchi boʻlib qolasiz;
— farzandingizning sogʻligʻini kuzatib boring va agar unda kasallik belgilari (yuqori tana harorati, hansirash, yoʻtal, hid va taʼm sezmaslik, qorinda ogʻriq, ich ketishi) paydo boʻlsa, uni taʼlim muassasasiga yubormang;
Shuningdek, farzandlaringizga quyidagi gigiyena qoidalarini oʻrgating:
— qoʻllarini sovun va toza suv bilan tez-tez yuvib turish;
— sovun va suv boʻlmasa, qoʻllar uchun spirt tarkibli dezinfeksiya vositasidan foydalanish (spirt miqdori kamida 70 foiz boʻlishi kerak);
— faqat toza ichimlik suvini ichish;
— jamoat hojatxonalari hamda uyda hojatxona tozaligiga eʼtibor berish va foydalanish tartibiga rioya qilishni;
— chiqindilarni xavfsiz hamda toʻgʻri yigʻish, saqlash va utilizatsiya qilish koʻnikmalari;
— nafas olish gigiyenasiga rioya qilish: yoʻtal va aksirganda ogʻiz-burunni mato yoki tirsak yordamida toʻsish;
— kaft bilan yuzga, koʻzlarga, ogʻiz va burunga tegmaslik.
Taʼlim muassasasi maʼmuriyati va pedagoglari bilan maʼlumot almashinish maqsadida doimiy muloqotda boʻlib, maktab xavfsizligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar bilan tanishib, qoʻllab-quvvatlashga harakat qiling.
Savol: Farzandim poliklinikada bronxial astma hamda surunkali piyelonefrit tashxisi bilan dispanser nazoratda turadi. Maktabga chiqaraymi yoki onlayn taʼlim olgani maʼqulmi?
Javob: Agar farzandingiz yil davomida tez-tez shamollab tursa va unda surunkali kasalliklari boʻlsa, farzandingiz xavf guruhiga kiradi.
Shuning uchun Siz uning salomatligi uchun onlayn taʼlim olishni tanlaganingiz maʼqul.
Chunki bunday bolalar kasallik yuqtirib olishi oson hamda unga kasallik yuqqan davrda ham ogʻir kechishi xavfi bor.
Shuningdek, surunkali kasalliklari bor bolalar shifokorlar nazoratida doimiy davolanishni davom ettirishlari kerak boʻladi.
Savol: Farzandimning allergiyasi bor, kuz-bahor oylarida allergik yoʻtal bezovta qiladi. Unga koronavirus yuqqanini qanday bilsam boʻladi?
Javob: Kuz-bahor mavsumining boshlanishi, havo harorati sovib borishi bilan ayrim kasalliklar yuzaga chiqadi. Bular orasida, ayniqsa allergiya kasalligi koʻpchilikni bezovta qiladi.
Allergik yoʻtal uzoqroq davom etadi va mavsumiy boʻladi. Allergiya mavsumiy kasallik boʻlganligi sababli shu davrda bemor oʻzining allergolog shifokori bilan maslahatlashib turishi kerak.
Koronavirus kasalligi yoʻtaldan tashqari bir qator simptomlar bilan kechadi. Masalan, tana harorati koʻtarilishi, mushaklarda ogʻriq, nafas qisishi, taʼm va hid yoʻqolishi va hokazolar.
Agar farzandingizda yoʻtaldan tashqari shu belgilar namoyon boʻlsa hududiy poliklinikaga murojaat qiling. Chunki allergiya fonida keladigan koronavirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun farzandingizda kasallik alomatlari kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qiling.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring