Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlandi
O‘zbekistonning Ispaniyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Farrux Tursunov Madrid shahriga bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Diplomat 1973 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Farrux Tursunov Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1994 yildan buyon turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashida, Qozog‘iston (2008−2012 yillar) va Yaponiyadagi (2012−2017 yillar) elchixonalarga rahbarlik qilgan.
Tayinlovga qadar u 2018 yildan buyon TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgandi.
U Madriddagi diplomatik missiyaga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir Gʻaniyev o‘rniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring