“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmini “Oskar”da ishtirok etishi uchun muzokara olib borilmoqda - “Oʻzbekkino”

20:52 10 Yanvar 2021 Madaniyat
570 0

Avvalroq, “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmasligi haqida xabar bergan edik.

Eʼlon qilingan maqola yuzasidan “Oʻzbekkino” Matbuot kotibi Nozim Safari tahririyat bilan bogʻlandi va vaziyatga izoh berdi.

«Avvalambor “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi Oskar mukofoti saralash bosqichida qatnashmaydi deyish toʻgʻri emas. Oskar qoʻmitasi kotibi Oybek Abdushukorovning agentlikka maʼlum qilishicha Qoʻmita mukofot tashkilotchilari bilan filmni talab etiladigan shaklda taqdim etish boʻyicha kelishmoqda. Film qabul qilinishi ham mumkin.

Oʻz navbatida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Yolqin Toʻychiyevning “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmini Oskar talablariga moslashtirish, tarjima va subtitrlar uchun qoʻshimcha mablagʻ toʻlab berganligini aytish lozim. Shuningdek, agentlik Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasining filmlarni saralash jarayoni va gʻolibni aniqlash marosimini oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni yaratib, koʻmak bergan. Filmning Oskar mukofoti saralash bosqichiga qabul qilinishi boʻyicha ham hozirda koʻmak berilmoqda», deydi Nozim Safari.

Maqolada bildirilgan koʻpgina iddaolar hamon ochiq qolmoqda. Film nega oʻz muddatida tanlovga taqdim etilmagani, bu vaziyat kimlarning aybi bilan yuzaga kelgani va hokazolar. Agentlik matbuot kotibi “Oʻzbekkino” vakolati doirasida vaziyatni oʻrganishini, hozirda voqeani ijobiy rivojiga umid, harakat qilinayotganini, keyinroq yana qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?