“Farhod va Shirin” ingliz tilida
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni nasriy bayoni inglizcha tarjimasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Hazrat Navoiy asarlari turli tillarga tarjima qilingan, lekin “Farhod va Shirin” dostonining nasriy bayoni ingliz tiliga birinchi marta oʻgirildi. Shoir va tarjimon Aʼzam Obidov ingliz tiliga oʻgirgan asar Turkiyada chop etildi.
Bu kitob dunyo yuzini koʻrishida turli mamlakatlarning koʻplab ijodkorlari hamfikrlikda mehnat qilishdi. Asarning ingliz tilidagi tahriri ustida Mark Ris va Keyti Rut Deyvis ishlagan boʻlsa, Niyozali Xolmatov, Shorasul Shoahmedov miniatyuralar chizishgan. Kitobga taniqli olimlar Ibrohim Haqqul, Eduard Rtveladze soʻzboshi yozgan. Loyihaga “Wondernet Express Tashkent” kompaniyasi homiylik qildi.
Kompaniya vakillari Hazrat Navoiyning uch tilda chop etilgan “Farhod va Shirin” dostonini Milliy kutubxonaga ham taqdim etishdi. Endi undan kitobxonlar bemalol foydalanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring