Fargʻonaning investitsiyaviy salohiyati Xitoyda namoyish etildi
Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasida “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro hamkorlik tashabbusi doirasida biznes-forum va savdo yarmarkasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Pokiston, Meksika kabi dunyoning 12 mamlakatidan elchilar, hududiy boshqaruv organlari rahbarlari hamda yirik tadbirkorlik subyektlari vakillaridan iborat 4 ming nafardan ziyod ishtirokchi oflayn va onlayn tarzda ishtirok etdi.

Unda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Iqboljon Ergashev tomonidan viloyatning investitsiyaviy hamda savdo-iqtisodiy salohiyati boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Forum doirasida Xitoyning aholisi qariyb 5 million nafardan ziyod boʻlgan Veynan shahri xalq hukumati hamda Fargʻona viloyatining Quva tumani hokimligi oʻrtasida onlayn tarzda Investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.
Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, shu yilning iyun oyida 200 nafarga yaqin tadbirkordan iborat Xitoy delegatsiyasining Fargʻona shahriga tashrifi kutilmoqda. Tashrif davomida Fargʻona-Xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring