Fargʻonadan Urumchiga aviaqatnov yoʻlga qoʻyildi

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Ayni kunlarda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan boʻlib, tadbirkorlik, investitsiya, turizm, raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi qator yoʻnalishlarda hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Maʼsudjon Sulaymonovning xabar berishicha, yuzma-yuz muloqotlarda Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni bilan hududlararo hamkorlik yoʻlga qoʻyilishiga kelishib olindi. Urumchi shahrida oʻndan ortiq tadbirkorlar va kompaniyalar vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Fargʻona viloyatiga investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirildi. Urumchi shahrida Shinjon-Uygʻur avtonom rayonining 200 dan ziyod ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtdi.
Xitoyning Guanchjou, Sian, Foshan, Chendu, Lanchjou kabi shaharlarida tashkil etilgan muloqotlarda ham ishlab chiqarish, investitsiya, savdo, energetika, keramika, charm-poyabzal va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif davomida Xitoy shaharlariga aviaqatnovlarni kengaytirish maqsadida yana bir yangi — “Fargʻona-Urumchi-Fargʻona” yoʻnalishida aviaparvozlar yoʻlga qoʻyildi. Fargʻona viloyati delegatsiyasi Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.
Parvozlar shu yilning 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring