Fargʻonadagi avtoturargohda pichoqbozlik yuz berdi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi avtoturargohda pichoqbozlik sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 1-oktyabr kuni tumanidagi avtoshohbekatda Oʻqchi mahallasida yashovchi 25 yoshli I.I. tanishi, Qoʻqon shahar Shaldiramoq mahallasida yashovchi M.A. bilan birga 27 yoshli S.Q. bilan oʻrtalarida oldindan mavjud boʻlgan nizo yuzasidan gaplashib olish uchun kelgan va janjallashib, sovuq qurol yordamida S.Q.ga tan jarohati yetkazgan.
Janjalga S.Q.ning tanishi, Qoʻqon shahar Toʻxlimergan mahallasida yashovchi B.M. aralashib, oʻzining “Equinox” mashinasida M.A.ni bosib ketgan.
Janjal oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar S.Q va M.A. shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Voqeaga aloqador shaxslarni ushlash chorasi koʻrilgan.
“Albatta qonun ustuvorligi taʼminlanadi”, deyiladi IIB xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring