Fargʻonada zamonaviy paxta terish mashinalari yigʻiladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Fargʻona viloyati filialida yangi paxta terish mashinalarini yigʻishga kirishildi. Belgilangan reja asosida Xitoydan 300 ta ana shunday mashina qismlari olib kelinadi. Mahalliy sharoitda bugungi kunga qadar ularning 100 ga yaqini toʻliq yigʻilib, tayyor holga keltirildi.
Zamonaviy texnikalar paxtani toza, sifatli va zarar yetkazmasdan terib oladi, yonilgʻi sarfi ancha tejamkor va boshqa foydali xususiyatlari “yashil” texnologiyalar tamoyiliga mos keladi.
— Malakali kadrlar tayyorlash maqsadida maxsus oʻquv mashgʻulotlari ham yoʻlga qoʻyildi, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Alibek Tursunov. — Ayni jarayonda ishtirokchilarning mazkur texnikadan foydalanish boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlari oshirilmoqda. Oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar esa ushbu paxta terish mashinalarini boshqarish huquqiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring