Farg'onada zamonaviy “IT-Park” bunyod etilmoqda

Farg'ona viloyatida yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o'qitish, xususan, ular mehnat bozorida tobora talab va ehtiyoj oshib borayotgan axborot texnologiyalarini o'rganishi uchun zamonaviy qulayliklar muhayyo qilinmoqda.
Ayni jarayonda jahon andozalari darajasida faoliyat ko'rsatishga mo'ljallangan “IT-Rark” majmualari barpo etilib, barkamol avlod uchun shinam ofislar, dasturlash, robototexnika, 3D grafika, dizayn xonalari hamda yangi kasblar va xorijiy tillarga o'rgatish markazlari ochilmoqda.
Farg'ona shahrida shaharsozlik me'morchiligi an'analari asosida qurilayotgan “IT-Park Farg'ona” majmuasi ham bu boradagi e'tibor va rag'batning yana bir namunasidir. YAngi majmua Abdulla Qodiriy mavzesidagi “O'zbektelekom” AKga qarashli eski aloqa uyi binosi o'rnida qad rostlaydi. Hozir bu yerda qurilish-ta'mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
— Ko'p qavatli bino 80 dan ortiq xonadan iborat bo'lib, umumiy quvvati 1 ming 500 o'ringa mo'ljallangan, — deydi “IT-Park” Farg'ona filiali rahbari Bahromjon Jalilov. — SHu tariqa bu yerda kelajagimiz vorislarining axborot texnologiyalarini o'rganishi uchun barcha sharoit yaratiladi.
Aytish joiz, bugungi kunda Farg'ona shahridagi “YAngi O'zbekiston” massivi – Ekoshaharda ham yana bir “IT-Park” majmuasi qurilishi jarayoni qizg'in davom etmoqda. Ushbu markazda ham viloyat yoshlari uchun axborot texnologiyalari sohasini puxta o'rganish, mazkur yo'nalishda xizmatlar eksportini yo'lga qo'yish hamda xorijiy hamkorlik ko'lamini oshirish maqsad qilingan.
Botir MADIYOROV
«Xalq so'zi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring