Fargʻonada savdo doʻkoni qurish uchun yer maydoni va ruxsatnoma olib berish evaziga pora soʻragan shaxs qoʻlga olindi
Fargʻona viloyatida savdo doʻkoni qurish uchun yer maydoni va ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.I. fuqaro G.Ya.ning ishonchiga kirgan. U auksion savdolari orqali Fargʻona shahrining “Shodiyona” mahallasi hududidan savdo doʻkoni qurish uchun yer maydoni olib berishi va tanishlari orqali qurilishga ruxsatnoma tayyorlab berishi mumkinligini aytgan.
Ayni paytda, M.I. bu xizmatlar evaziga 2 700 AQSH dollari talab qilgan va pulni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat boʻyicha qonun doirasida tegishli choralar koʻrilishi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring