Fargʻonada Rossiya tajribasi asosida raqamli kasblar texnikumi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari mutaxassislarining eʼtirof etishicha, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi globallashuv davrida baʼzi kasblarga boʻlgan hayotiy ehtiyoj tobora kamayib boraveradi. Oʻz navbatida, sunʼiy intellekt, zamonaviy-axborot texnologiyalari bilan ishlovchi kelajak kasblari shakllanadi. Bu yaqin istiqbolda mehnat bozori talab va taklifi asosida raqobatdosh kadrlar tayyorlash koʻlamini oshirib borishni taqozo etadi.
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda Rossiyaning “Sinergiya” korporatsiyasi vitse-prezidenti Mixail Yerofeyev oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda raqamli kasblar sohasidagi hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi. Yuzma-yuz muloqotda Rossiyaning yirik taʼlim va innovatsion klasteri — “Sinergiya” korporatsiyasi faoliyatiga oid taqdimot oʻtkazildi. Rossiyalik mutaxassislar jahon bozorida raqobatdosh mutaxassislar tayyorlash borasidagi amaliy saʼy-harakatlar xususida maʼlumot berishdi.

— Taqdimotda taʼkidlab oʻtilganidek, ushbu klaster 50 dan ziyod turli yoʻnalishdagi tashkilotlarni bitta tizimda jamlagan, — deydi Fargʻona viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Toʻychiboy Boymatov. — Ushbu tuzilma taʼlim, texnologik resurslar, marketing, sotuv va oʻquv jarayonlarini boshqarish sohalarida katta hayotiy tajribaga ega.
Fargʻonada zamonaviy mezonlar asosida hamkorlik koʻlamini kengaytirib borish rejalashtirilayotgani yangi avlod mutaxassislari tayyorlashda juda qoʻl keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring